Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Toshkentda 11 yoshli qiz elektr tokidan halok bo‘ldi

Nilufar Qobilova 23.06.20251 daqiqa o'qiladi
310

Ijtimoiy tarmoqlarda 11 yoshli N.A. ning elektr tokidan halok bo‘lishi bilan bog‘liq xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan tergov ishlari boshlangani ma’lum qilindi.

Joriy yilning 30-may kuni, taxminan soat 18:00 da, Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konining tom qismiga 2014-yilda tug‘ilgan N.A. ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan. Qaytib tushayotganida, tom qismiga yaqin o‘tuvchi elektr simiga tegib, elektr tokidan zarba olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari hozirda davom etmoqda.

O‘tkazilayotgan tekshiruvda mehnat xavfsizligi qoidalarining buzilishi va hodisaning qanday sodir bo‘lganligi aniqlanadi. Shu bilan birga, ota-onalar va ish beruvchilar uchun xavfsizlikka alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanmoqda.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *