Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • O'zbekiston
  • O‘zbekiston hududiga Eron shamoli orqali radioaktiv zarracha kirishi mumkin — mutaxassis ogohlantiradi
O'zbekiston

O‘zbekiston hududiga Eron shamoli orqali radioaktiv zarracha kirishi mumkin — mutaxassis ogohlantiradi

Gulhayo Naimova 23.06.20251 daqiqa o'qiladi
184

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, agar Eron hududidagi yadroviy obyektlarga qilingan hujumlar natijasida radioaktiv nurlanish kuchaysa, ma’lum meteorologik sharoitlarda ushbu zarrachalar O‘zbekiston hududiga ham yetib kelishi mumkin.

«Agar radiatsiya faollashsa, iqlim oqimlari orqali bu zarrachalar Eronning iliq havosi kabi O‘zbekistonga ham kirib kelishi ehtimoldan xoli emas», — dedi Abdulahatov.

Bu ogohlantirish AQSh va Isroilning Eronning yadroviy inshootlariga qarshi zarba bergani fonida yangramoqda.
Mutaxassislar vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Hozircha O‘zbekiston hududida radioaktiv fon me’yorida ekani ma’lum qilindi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *