Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Toshkent bozorlarida nitrat miqdori yuqori tarvuz va qovunlar aniqlandi

Toshkent bozorlarida nitrat miqdori yuqori tarvuz va qovunlar aniqlandi

Shahardagi qator bozorlar, jumladan Sergeli tumanidagi dehqon bozorida me’yordan yuqori miqdorda nitrat saqlovchi tarvuz va qovunlar aniqlanib, sotuvdan darhol olib tashlandi va yo‘q qilindi.

38 kg tarvuz va 26 kg qovun tarkibidagi nitrat miqdori belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshib ketgani sababli, bu mahsulotlar iste’mol uchun xavfli deb topilgan.

Shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi vakillari ma’lum qilishicha, ba’zi dehqonlar poliz mahsulotlarining tezpishishini sun’iy tezlashtirish uchun nitratlardan haddan tashqari foydalanmoqda, bu esa inson salomatligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.

Nitratli mahsulotlarni iste’mol qilish quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
• zaharlanish;
• ovqat hazm qilish muammolari;
• bolalarda va homilador ayollarda xavfli reaksiya.