Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Toshkentda ultrabinafsha nurlanish keskin kuchaydi

Nilufar Qobilova 14.06.20252 daqiqa o'qiladi
100

14-iyun kuni poytaxtda kutilayotgan ekstremal darajadagi ultrabinafsha (UV) nurlanish fuqarolar salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Soat 12:00 dan 14:00 gacha Toshkentda UV indeksi 10 ballgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Mutaxassislar bu ko‘rsatkichni “xavfli” deb baholamoqda.

 

Sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar va ob-havo xizmatlari fuqarolarni aynan shu ikki soat oralig‘ida ochiq quyosh ostida yurmaslikka, o‘z sog‘liqlariga jiddiy e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.

Nurlanishdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar:

Ekstremal darajadagi UV nurlari teri kuyishlariga, ko‘z shikastlanishiga, hatto teri saratoni xavfining ortishiga olib kelishi mumkin. Quyidagi choralar fuqarolarni quyosh nurlaridan himoya qilishda muhim hisoblanadi:

• Tush paytida, ayniqsa 12:00–14:00 oralig‘ida ochiq havoda yurmaslik;

• Ko‘proq suyuqlik ichish orqali organizmni nam holda saqlash;

• Soyada yurish, och rangli va yopiq kiyimlar kiyish;

• Sifatli quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar, keng soyali bosh kiyim yoki soyabon ishlatish;

• Teri uchun mos SPF 30 yoki undan yuqori bo‘lgan quyoshdan himoya kremi surtish.

Toshkent shahri mahalliy hokimiyati, sog‘liqni saqlash muassasalari va favqulodda vaziyatlar xizmati ham fuqarolarni ogohlikka chaqirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy ravishda ob-havo va sog‘liq bilan bog‘liq ogohlantirishlarni kuzatib borishni tavsiya etmoqda.

“UV nurlanishning ekstremal darajasi har doim ham ko‘zga ko‘rinmaydi, lekin bu uning zararini kamaytirmaydi. Bu havfni faqat ehtiyot choralarini ko‘rish orqali oldini olish mumkin,” — deyiladi Respublika Gidrometeorologiya markazi bayonotida.

 

 

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *