Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Dubayda dunyodagi eng baland metro bekati barpo etiladi

Gulhayo Naimova 12.06.20251 daqiqa o'qiladi
102

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida balandligi bo‘yicha dunyoda yagona bo‘lgan metro bekati qurilishi rejalashtirilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, “Blue Line” loyihasi doirasida quriladigan ushbu bekat dengiz sathidan 74 metr balandlikda joylashadi.

“Emaar Properties Station” deb nomlanadigan bekat Dubay “Creek Harbour” hududida qad rostlaydi. Arxitektura dizayni AQShning “Skidmore”, “Owings & Merrill” kompaniyasiga tegishli. Qurilish 11 ming kvadrat metr maydonni qamrab oladi va har kuni 160 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Dubay Transport boshqarmasi vakillarining ma’lum qilishicha, bekat zamonaviy xavfsizlik tizimlari, nogironlar uchun to‘liq moslashtirilgan infratuzilma va avtomatlashtirilgan metro liniyasi bilan jihozlanadi. Loyihaning 2029-yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Bu bekat Dubay metro tizimini kengaytirish va chekka hududlarni markaz bilan bog‘lashga qaratilgan 2040-yil urbanistik rejaning bir qismidir.

Dubay ilgari eng uzun haydovchisiz metro liniyasi bilan jahon rekordini qo‘lga kiritgan edi. Yangi bekat orqali shahar yana bir global yutuqqa erishmoqchi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *