Prezident farmoniga binoan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar belgilandi:
-
Yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 918 ming soʻm,
-
Nogironlik pensiyasi – oyiga 1 million 12 ming soʻm,
-
Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi:
-
3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun – 360 000 soʻm,
-
3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun – 275 000 soʻm,
-
Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha – 165 000 soʻm,
-
Uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun – 110 000 soʻm,
-
-
Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordam – oyiga 420 000 soʻm.
Shuningdek, 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshiriladi. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 155 ming soʻmdan 1 271 ming soʻmga oshiriladi.
Ushbu chora-tadbirlar uchun zarur mablagʻlar Davlat budjeti va Pensiya jamgʻarmasi hisobidan taʼminlanadi.
Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi fuqarolar uchun ham toʻlov qobiliyatini ragʻbatlantirish maqsadida, ish beruvchilarga ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorlarda belgilash tavsiya etildi.