Indeksda mamlakatlarning jinoyatchilik darajasi, ichki va tashqi ziddiyatlar, siyosiy barqarorlik, qurollanish holati, mudofaa xarajatlari kabi 23 ta mezon asosida baho beriladi. O‘zbekiston reytingda 2023-yil bilan solishtirganda, 26 pog‘onaga yuqorilagan.
Bu natija O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan xavfsizlik, diplomatiya va ijtimoiy barqarorlikka qaratilgan siyosiy islohotlar samarasi sifatida ko‘rilmoqda. Mamlakat 1,96 ball bilan “nisbatan xavfsiz va barqaror” toifasiga kirdi. Bu O‘zbekiston fuqarolari hayot sifati oshayotganini, tashqi sarmoyadorlar va sayyohlar uchun esa ishonchli muhit yaratilayotganini anglatadi.
O‘zbekistonning bu yilgi pozitsiyasi uni mintaqaviy yetakchilar safiga olib chiqdi:
-
Qozog‘iston – 59-o‘rin
-
O‘zbekiston – 60-o‘rin
-
Tojikiston – 72-o‘rin
-
Qirg‘iziston – 78-o‘rin
-
Turkmaniston – 83-o‘rin
MDH davlatlari orasida esa:
-
Armaniston – 77-o‘rin (2023-yilda 66-o‘rin)
-
Ozarboyjon – 106-o‘rin (2023-yilda 95-o‘rin)
-
Gruziya – 100-o‘rin (2023-yilda 94-o‘rin)
-
Rossiya – 156-o‘rin
-
Ukraina – 159-o‘rin
Eng tinch beshlik esa quyidagicha:
Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Singapur – bu davlatlar xavfsizlik, jinoyatchilikning pastligi va siyosiy barqarorlikda o‘z liderligini saqlab qolgan.
Bu mamlakatlar xavfsizlikning yuqori darajasi, jinoyatchilikning pastligi, ichki xalqaro nizolarning yo‘qligi, barqaror boshqaruv tizimlari bilan ajralib turadi.
2024-yilda dunyo bo‘ylab umumiy tinchlik darajasi yomonlashdi. Umumiy indeks o‘rtacha 0,56% ga pasaydi. Hisobotda 97 mamlakatda geosiyosiy keskinlik, harbiy to‘qnashuvlar, texnologik qurollanish va ichki siyosiy inqirozlar tinchlikka salbiy ta’sir qilgani qayd etilgan.