Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Sud Olimjon Sulaymonovni ishga tiklash bo‘yicha qaror chiqardi

Nilufar Qobilova 28.05.20251 daqiqa o'qiladi
82

Toshkent shahri Shayxontohur tumanlararo sudi sobiq deputat va bloger Olimjon Sulaymonovning ishdan bo‘shatilishi ustidan shikoyatini ko‘rib chiqdi va uni ishga tiklash haqida qaror chiqardi.

Sulaymonov 2024-yilda Toshkent viloyati Migratsiya agentligi filialidan bo‘shatilgan edi. Bo‘shatilgach, u ochlik e’lon qilgan va viloyat hokimini turli qonunbuzarliklarda ayblagan.

Viloyat hokimligi esa Sulaymonovning ishdan bo‘shatilishini “malaka yetishmasligi” bilan izohlagan. Biroq sud qarori unga nisbatan bo‘lgan mehnat munosabatlari buzilganini ko‘rsatdi.

Sud qarori bilan endilikda u avvalgi lavozimiga qaytariladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *