Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Rossiyaga fohishalik uchun qiz olib ketmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Rossiyaga fohishalik uchun qiz olib ketmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida 22 yoshli qizni Sankt-Peterburg shahriga fohishalik maqsadida olib ketmoqchi bo‘lgan 54 yoshli ayol X.T. ushlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Angren shahrida yashovchi ayol Z.A. ismli 22 yoshli qizni aldab, katta pul topish uchun Rossiyaga yuborishga ishontirgan. Yo‘l haqi va boshqa xarajatlar Sankt-Peterburgda yashovchi Zulya ismli ayol tomonidan qoplanib, qizdan keyinchalik fohishalik bilan shug‘ullanish talab qilingan.

Shuningdek, ayol qizni yetkazganlik uchun Zulya bilan oldindan ma’lum miqdorda haq olishga kelishgan.

Hozirda X.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi “a” va “z” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.