Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Germaniyada hamshiralarga oyiga 3300 yevrogacha maosh taklif qilinmoqda

Nilufar Qobilova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
66

O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Germaniyaning “RecruitMed GmbH & Co. KG” kompaniyasi hamkorligida Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun 50 nafar mutaxassis jalb qilinadi.

Ta’kidlanishicha, Germaniyada hamshira sifatida ishga joylashgan xodimlar oyiga 2800 yevrodan boshlanadigan maosh oladi, bu summaga uy-joy va ovqatlanish xarajatlari kirmaydi. Malaka tan olinganidan so‘ng maosh 3300 yevrogacha oshirilishi kutilmoqda.

Ishga qabul qilish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Hamshiralik sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;

  • Yosh: 18–40 yosh;

  • Sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish;

  • Tibbiyot kollejining 3 yillik yoki oliy ta’lim (bakalavr) diplomi bo‘lishi shart.

Agentlik 12 oylik nemis tili kurslarini (Termiz va Nukus shaharlarida), Germaniyada malaka tasdiqlash, visa arizasini topshirish, ishga joylashish, aviabilet va transfer, shuningdek yashash joyini topishda yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *