O‘zbekistonda endilikda zargarlik sohasida yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilmoqda. Muntazam ravishda joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviylashtirish va ularning faoliyatini qonuniylashtirish vazifasi mutasaddilarga topshirildi.
Shuningdek, xorijdan jalb qilinadigan mutaxassislarning harajatining 2,5 ming dollargacha bo‘lgan qismi, kamida 5 nafar shogird tayyorlash sharti bilan qoplab beriladi.
Zargarlik sohasida sanoat usuliga o‘tish, ichki bozorni himoya qilish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli uskunalar va ularning qismlari import bojidan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, Navoiy va Olmaliq konlaridan oltinni bo‘lib to‘lash asosida sotib olish tartibi yana 3 yilga uzaytiriladi.
Mashhur brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ularning dizayni va qolipini olib kelish xarajatining 30 ming dollargacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.