Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • 30-iyundan boshlab Rossiyaga kirayotgan xorijiy fuqarolar uchun QR-kod majburiy bo‘ladi
Jamiyat

30-iyundan boshlab Rossiyaga kirayotgan xorijiy fuqarolar uchun QR-kod majburiy bo‘ladi

Jarayon Muharriri 19.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :12

2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz asosda kirayotgan xorijiy fuqarolar oldindan ro‘yxatdan o‘tib, QR-kod olishlari shart bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi ma’lum qildi.

Rossiya hukumati tomonidan joriy etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy fuqarolar «Gosuslugi RuID» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va QR-kodni rasmiylashtirishlari kerak. Ushbu kod Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishda, ya’ni chegaradan o‘tayotganda taqdim etilishi talab qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqaro quyidagilarni amalga oshirishi lozim: shaxsiy kabinet ochish, o‘zining fotosuratini va shaxsiy ma’lumotlarini yuklash, shuningdek, Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish. Ariza Rossiyaga safardan kamida 72 soat oldin topshirilishi kerak. Ammo zarurat yuzasidan — masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindoshning vafoti kabi favqulodda holatlarda — ariza hatto 4 soat qolganda ham topshirilishi mumkin.

Mazkur talab quyidagi toifalarga tatbiq etilmaydi: Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, Rossiya vizasi, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi. Bu hollarda vakilning o‘zi ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur.

Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu yangi tartibni inobatga olish tavsiya etiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *