Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Jizzax viloyatida yong’in sodir bo’ldi

Jizzax viloyatida yong'in sodir bo'ldi

Jizzax viloyati, Jizzax shahri “Xalqabod” mahallasida joylashgan bozor yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

FVB xabariga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 13:30 larda kelib tushgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 13:39 da yong‘inni qurshab olishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda yong‘inni to‘liq bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahardagi bozorda yong‘in chiqqani haqidagi xabarlarni rad etdi. Yong‘in bozor emas, unga yaqin joylashgan oshxonada yuz bergani ta’kidlandi.

Hodisa tafsilotlari va yong‘inning sabablari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.