Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Tadbirkor va sarmoyadorlar uchun imkoniyat: Maktab qurilishida 100 ta yangi loyiha boshlanadi

Tadbirkor va sarmoyadorlar uchun imkoniyat: Maktab qurilishida 100 ta yangi loyiha boshlanadi

Joriy yilda Islom taraqqiyot banki tomonidan 200 million dollar miqdorida mablag‘ jalb qilinib, bu evaziga 58 ta yangi maktab qurilishi va 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, viloyatlar hokimlariga xalqaro moliya tashkilotlari, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Har bir viloyatda 10 million dollardan maktab qurilishiga sarmoya kiritilishi nazarda tutilgan.

Maktab quvvatini oshirishning samarali yo‘li sifatida xususiy sheriklikka urg‘u berildi. Shu sababli, maktablar va bog‘chalar uchun xususiy sheriklik loyihalari e’londa turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.

Davlat rahbari mutasaddilarga joriy yilda kamida 100 ta xususiy sheriklik asosidagi loyiha boshlashni topshirdi.