Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

18 gektar yerni 200 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan bank xodimi qo‘lga olindi

18 gektar yerni 200 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan bank xodimi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tijorat banklaridan birining mutaxassisi fermer xo‘jalikka tegishli yer maydonining bir qismini noqonuniy sotishga uringanida qo’lga olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u otasi boshqarayotgan, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning ijaraga olingan 22,6 gektar yer maydonidan 18,7 gektar qismini 200 mln. so‘m evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi 190 mln. so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi. Pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.