Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Sport
  • Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q”-Husanovning agenti
Sport

Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q”-Husanovning agenti

Abrambek Azimov 02.05.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :59

Ispaniyaning Carpetas Blaugranas nashri kataloniyaliklar Husanovni uzoq muddatli loyihaning asosiy qismidan biri sifatida ko‘rayotgani, klub uni bir mavsumga ijaraga olib, keyinroq to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.

Biroq futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin bu boradagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi:

Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Bu gaplardan xabardor emasman. Klub prezidenti ham men bilan bog‘lanmagan. Bularning barchasi shunchaki mish-mish, dedi Hasbiullin Sport-Express nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvarida “Manchester Siti”ga o‘tgan va klub bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Hozirgacha u “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *