Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Misrda O’zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

Muharrir 16.04.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :38

 

QOHIRA, 16-aprel. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston elchixonasi diplomatlari Al-Azhar universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Al-Azhar universitetida tahsil olayotgan o’zbekistonlik talabalarning manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash hamda talabalarning o’zaro birdamligini kuchaytirish maqsadida O’zbekistonlik talabalar uyushmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot chog’ida talabalar kun tartibidagi dolzarb muammolar, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar, turli maishiy masalalar, hujjatlar bilan bog’liq ishlar va boshqa masalalar xususida fikr almashildi. Shuningdek, elchixona, universitet rahbariyati va talabalar o’rtasida doimiy aloqalarini mustahkamlash, talabalar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy, ma’naviy va ilmiy faolligini rag’batlantirish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida talabalar uyushmasi faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *