Ta’lim va ilm-fan vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining kuzgi ta’til davomida mutolaa qilishi uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Tavsiya etilgan kitoblar o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va sinflari inobatga olingan holda uch toifaga ajratilgan. Ro‘yxatdan o‘zbek va jahon adabiyotining turli janrlardagi asarlari o‘rin olgan.
1–4-sinf o‘quvchilari uchun
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga quyidagi beshta asarni o‘qish tavsiya etildi:
-
“Buvamning oshqozonidagi mamlakat” — Qobiljon Shermatov;
-
“Zahramahr qo‘rquvlari yoxud hamma narsaga kim aybdor?” — Madina Mo‘minova;
-
“Amir Temur haqida hikoyalar” — To‘lqin Hayit;
-
“Bir bor ekan, pul bor ekan” — Namoz Sa’dullayev;
-
“Maugli” — Redyard Kipling.
5–9-sinf o‘quvchilari uchun
O‘rta sinf o‘quvchilariga milliy va jahon adabiyotining quyidagi namunalari tavsiya qilindi:
-
“Galaktikada bir kun” — Sa’dulla Quronov;
-
“O‘tmishdan ertaklar” — Abdulla Qahhor;
-
“Jayhun ustida bulutlar” — Mirkarim Osim;
-
“Sohibqiron nabirasi” — Xurshid Davron;
-
“G‘aroyib bolalar” — Aziz Nesin.
10–11-sinf o‘quvchilari uchun
Yuqori sinf o‘quvchilariga esa tarixiy, falsafiy va ijtimoiy mavzularni qamrab olgan quyidagi asarlar tavsiya etildi:
-
“Yaldo kechasi” — Xayriddin Sulton;
-
“Qutadg‘u bilig” — Yusuf Xos Hojib;
-
“Avlodlar dovoni” — Pirimqul Qodirov;
-
“Otamdan qolgan dalalar” — Tog‘ay Murod;
-
“Martin Iden” — Jek London.
Umumiy hisobda vazirlik tomonidan uchta yosh toifasi uchun 15 ta badiiy asar tavsiya etilgan.
Mazkur ro‘yxat o‘quvchilarning kuzgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishi, dunyoqarashi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini kengaytirishiga xizmat qiladi.
