Samarqandda PPX inspektori xizmat mashinasida Damas bilan toʻqnashib, YTH sodir qildi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 9-oktyabr kuni soat 14:15 larda, Samarqand shahri, Buyuk ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. Unda IIB patrul-post xizmati batalyoni inspektori boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 rusumli xizmat mashinasi Damas avtomobilining orqa tomoniga kelib urilgan.
Natijada Damas oldinda turgan boshqa bir Damas’ga hamda Lacetti’ga toʻqnashib ketgan.
Yoʻl-transport hodisasi natijasida inspektor va Damas haydovchisiga tibbiy yordam koʻrsatilib, javob berilgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.