Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Oʻzbekistonda “chiroyli” avtoraqamlar 7 mln soʻmdan sotuvga chiqarildi

photo 2025 10 03 10 49 37

2025-yil 1-oktyabrdan Oʻzbekistonda “chiroyli” avtoraqamlarni sotib olish xizmati ishga tushdi. Hozirda xizmatdan Safe Road YHXX ilovasi orqali foydalanish mumkin.

 

Hukumat qaroriga asosan, mamlakatda avtoraqamlarni auksion orqali sotish toʻxtatildi. Avval auksionga chiqarilgan va sotilmagan 1-3-kategoriyadagi xaridorgir raqamlarning barchasi jismoniy shaxslar uchun BHMning 17 baravari miqdorida (7 million soʻm) sotuvga chiqarildi. Yuridik shaxslar uchun esa bu miqdor BHMning 25 baravariga (10,3 million soʻm) teng.

 

Hozirda auksionga chiqarilib, sotilmagan raqamlar bazaga kiritilgan. 2026-yil 1-yanvardan boshlab, istalgan harf kombinatsiyasi va raqamni tergan holda 7 million soʻmga “chiroyli” raqam sotib olish mumkin boʻladi.