Yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ishonchli ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingan.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boshlab:
- ochiq konlarda (karerlarda) ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk avtomobillari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
- umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan N3 va O4 toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karer) ishlovchi o‘ziag‘daruvchi yuk
- avtomobillari, shuningdek, antikvar avtomobillar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili mart oyida “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib boradi.