Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 846.57 +37.38 EUR 13 240.91 +34.69 RUB 138.95 +0.80

Navoiyda ekologik talablarni buzgan asfalt ishlab chiqarish korxonasi vaqtincha toʻxtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida qora tutun osmonni qoplab olgan” mazmunida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.

 

Tumanda olib borilgan oʻrganishlar davomida “Sarmazortrans” MCHJga qarashli asfalt ishlab chiqarish korxonasi ekologik talablarni buzganlik holda faoliyat olib borilayotganligi aniqlandi.
Korxona tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun talablarini buzib, ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasisiz, havoni ifloslantiruvchi moddalarni ushlab qoladigan chang gaz tozalash uskunasidan foydalanmagan holda faoliyat yuritganligi maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat masʼuliga tegishli chora belgilanib, kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar vaqtinchalik, 10 kun muddatga korxona toʻxtatildi.
Avvalroq Andijonda ijtimoiy tarmoqdagi murojaat ortidan sement zavodi faoliyati vaqtincha toʻxtatilgandi.