Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.
FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi.
Shuningdek o‘qing:
— Fifa reytingi yangilandi: Unda O’zbekiston yana bir pog’ona o’sishga erishdi
— O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
— FIFA rahbari g’alabamizga qanday munosabat bildirdi?
