Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

FIFA rahbari g’alabamizga qanday munosabat bildirdi?

FIFA rahbari g'alabamizga qanday munosabat bildirdi?

FIFA rahbari Janni Infantino, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga terma jamoaning ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqqani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

“O‘zbekiston, Osiyoda birinchi bo‘lib JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalardan biri bo‘ldi. Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va xalqingizni ushbu tarixiy yutuq bilan tabriklayman”, — deyiladi maktubda.

Infantino ushbu yutuqni “birgalikdagi sa’y-harakatlar, qat’iyatli irodalar, va butun jamoadagi insonlarning fidoyiligi” bilan bog‘ladi. U hukumat, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbolchilar, murabbiylar, va ayniqsa “qalbi qaynoq muxlislar”ga alohida minnatdorlik bildirdi.

“Muhtaram prezident, Sizga 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman va Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman,” — deb yozdi Infantino.

2023-yil sentabr oyida, Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Infantino bilan uchrashgan va O‘zbekistonda ommmaviy futbolni rivojlantirish haqida muzokaralar o‘tkazilgan edi. FIFA rahbari davlat rahbariga ismi tushirilgan to‘p sovg‘a qilgan.

Bundan avvalroq, 2023-yil may oyida, FIFA rahbari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelib, prezidentga 24-raqamli futbolkani hadya qilgan edi.

Eslatma: O‘zbekiston milliy terma jamoasi, 5 iyun kuni BAA bilan 0:0 durang o‘ynab, tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu muvaffaqiyat milliy sport tarixida burilish yasadi.