Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Farg‘onada bir lahzalik eʼtiborsizlik oʻlimga sabab boʻldi

18 43 35 image 2025 08 02 13 06 27

Farg‘ona viloyatining Yoyilma qishlog‘ida 36 yoshli haydovchi «Nexia» avtomobilida 64 yoshli ayolni urib yubordi. Ayol yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan vaqtda to‘qnashuv yuz bergan.

Haydovchi jabrlanuvchini zudlik bilan kasalxonaga olib borgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatiga qaramay, ayol olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi.

Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatida «Gentra» avtomobili beton to‘siqqa urilishi oqibatida to‘rt nafar voyaga yetmagan o‘quvchi halok bo‘lgan edi. Mashinani 17 yoshli maktab o‘quvchisi boshqargan bo‘lib, u avtomobilni faqat yuvish uchun vaqtincha olgan, biroq ruxsatsiz boshqarib chiqib ketgan. YTH oqibatida faqat o‘zi tirik qolganligi aytilgandi.