Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

O‘zbekiston hududiga Eron shamoli orqali radioaktiv zarracha kirishi mumkin — mutaxassis ogohlantiradi

IMG 20250623 090753 966

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, agar Eron hududidagi yadroviy obyektlarga qilingan hujumlar natijasida radioaktiv nurlanish kuchaysa, ma’lum meteorologik sharoitlarda ushbu zarrachalar O‘zbekiston hududiga ham yetib kelishi mumkin.

«Agar radiatsiya faollashsa, iqlim oqimlari orqali bu zarrachalar Eronning iliq havosi kabi O‘zbekistonga ham kirib kelishi ehtimoldan xoli emas», — dedi Abdulahatov.

Bu ogohlantirish AQSh va Isroilning Eronning yadroviy inshootlariga qarshi zarba bergani fonida yangramoqda.
Mutaxassislar vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Hozircha O‘zbekiston hududida radioaktiv fon me’yorida ekani ma’lum qilindi.