Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Ramos oltin to’pni Mbappega berishni taklif qildi

“Real”ning sobiq sardori, hozirda Meksikaning “Monterrey” jamoasida oʻynayotgan Serxio Ramos 2025-yilgi “Oltin toʻp”ni madridliklar hujumchisi Kilian Mbappega berishni taklif qildi.

“Men «Oltin toʻp”ni Mbappega bergan bo’lardim. Bu nafaqat doʻstona munosabatlarimiz tufayli, balki u ajoyib natijalar koʻrsatgani uchun. Bu — muhim mukofot, lekin “Oltin toʻp” uchun qanday mezonlar borligini hech qachon bilmayman… U gollar urdi, “Oltin butsa”ni qoʻlga kiritdi, garchi “Real” boshqa jamoalar qoʻlga kiritgan sovrinlarni yutmagan boʻlsa ham.

Bu — individual mukofot, jamoaviy emas, lekin oʻz ligalari va kuboklarni yutgan juda ajoyib oʻyinchilar bor. Kichik detallar muhim boʻladi va oxir-oqibat bu shaxsiy fikrga bogʻliq. Agar bu menga bogʻliq boʻlsa, Kilian 5-10-yil ichida 4-5 ta “Oltin toʻp”ni uyiga olib ketishi mumkin. Unda iqtidor bor. Garchi “Real”da sovrinlarga boy yil boʻlmasa ham, u ajoyib mavsum oʻtkazdi va oʻzining individual darajasini koʻrsatdi», — deya Ramosning soʻzlarini keltiradi RMC Sport.