O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida ilk bor davlatga qarashli tibbiyot muassasasiga robot-xirurg qurilmasi o‘rnatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Janubiy Koreyaning “Meere Company” tomonidan ishlab chiqarilgan “REVO-I” rusumli robot Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markaziga o‘rnatilgan bo‘lib, u davlat shifoxonalari orasida birinchi hisoblanadi.
Rasmiylarga ko‘ra, robot minimal qon yo‘qotish, bemorning tez tiklanishi va boshqa a’zolarga zarar yetkazmaslik kabi texnik ustunliklarga ega.
Vazirlikka ko‘ra, ushbu uskunadan yaqin orada murakkab va yuqori aniqlik talab qilinadigan jarrohlik amaliyotlarida foydalanilishi rejalashtirilgan.