Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m bilan ushlandi

photo 2025 07 12 09 44 21

«Berdaq» nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 17 nafar talabani yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.