Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Zominda kuchli sel hodisalari davom etmoqda

Zominda kuchli sel hodisalari davom etmoqda

Zomin tumanining bir qancha hududlarida sel hodisasi kuzatildi. Ba’zi joylarda sel oqimi avtomobil yo‘llariga tosh va shag‘al chiqarib tashladi. O‘zgidromet talafotlar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida bir qancha sel hodisalari kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Sellar 14:30 larda “Kushtol” MFY, “Navbahor” MFY, Turkman qishlog‘i, “Nihol” MFY Qizilsoy qishlog‘ida, “Taraqqiyot” MFY Hulkar qishlog‘ida kuzatilgan. Sel oqimlari avtomobil yo‘liga shag‘al toshlarini chiqarib tashlagan.