Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

Toshkent viloyatida yuk mashina haydovchisi va 9 yoshli bola bilan YTH sodir bo‘lgan

Toshkent viloyatida yuk mashina haydovchisi va 9 yoshli bola bilan YTH sodir bo‘lgan

Joriy yilning 5-iyun kuni soat taxminan 11:30 larda, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Baytish MFY hududidan o‘tgan D-022 «Nurafshon sh. — Oqqo‘rg‘on sh. — Yangiyo‘l sh.» avtomobil yo‘lining 57-kilometrida haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan K.T «MAN TGS» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotganda haydovchiga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tgan velosipedchi 2016-yilda tug‘ilgan Y. Enini urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.