Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Salomatlik

Endi sunʼiy intellekt yaratgan dori oʻpka kasalligini davolaydi

Gulhayo Naimova 06.06.20251 daqiqa o'qiladi
27

Xitoyda ilk bor sunʼiy intellekt (SI) yordamida yaratilgan dorining oʻpka fibrozi kasalligiga qarshi samaradorligi klinik sinovlar orqali tasdiqlandi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Rentosertib” nomli bu dori bemorlarning nafas olish holatini ancha yaxshilagani aniqlandi.

Ushbu dori Insilico Medicine kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘pka to‘qimalarida yuzaga keladigan yallig‘lanish va shishishlarni kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Dori sunʼiy intellekt vositasida atigi 30 oy ichida ishlab chiqildi — bu an’anaviy dori ishlab chiqarish jarayonidan bir necha barobar tezroq.

Ikkinchi bosqich klinik sinovlar Xitoyda o‘tkazildi. 71 nafar bemor ishtirokida o‘tgan 12 haftalik kuzatuvda, dorini 60 mg dozada qabul qilganlar o‘rtacha 98 ml nafas sig‘imining oshishini ko‘rsatdi. Ayni paytda platsebo (soxta dori) olgan bemorlarda bu ko‘rsatkich 62 ml ga kamaygan.

Rentosertib o‘pka fibrozi (nafas olishni cheklaydigan xavfli kasallik) bilan kurashishda yangi umid sifatida qaralayapti. Jahonda 5 milliondan ortiq odam ushbu xastalikdan aziyat chekadi, lekin bugungi kungacha uning samarali davosi mavjud emas edi.

Mutaxassislar bu voqeani tarixiy burilish deb baholamoqda. Sunʼiy intellekt endi nafaqat tashxis qo‘yishda, balki murakkab kasalliklarga qarshi dori yaratishda ham muhim o‘rin tutmoqda.

Insilico Medicine vakillarining aytishicha, dorining uchinchi bosqich sinovlari AQSh va boshqa davlatlarda ham o‘tkaziladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *