Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Hindistonda toshqinlar sabab 1 500 dan ortiq sayyohlar tog‘li hududlarda qolib ketdi

Hindistonda toshqinlar sabab 1 500 dan ortiq sayyohlar tog‘li hududlarda qolib ketdi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Sikkim shtatida kuchli musson yomg‘irlari keltirib chiqargan suv toshqinlari va yer ko‘chishi oqibatida 1 500 dan ortiq sayyoh tog‘li hududlarda qolib ketdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiylarga ko‘ra, sayyohlar asosan Lachen va Lachung qishloqlarida bo‘lib, bu hududlarga olib boruvchi yo‘llar ko‘chkilardan so‘ng yopilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hukumat favqulodda holat e’lon qildi va sayyohlarga mehmonxonalarni tark etmaslikni, xavfsiz joylarda qolishni tavsiya qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tista daryosida suv sathi keskin ko‘tarilib, muhim ko‘priklar va yo‘llarga zarar yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hududga kirish yo‘llari vaqtincha yopilgan, evakuatsiya ishlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mahalliy rasmiylarning xabar berishicha, Manqan tumanida sayyohlar ketayotgan avtomobil Tista daryosiga qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qidiruv-qutqaruv ishlari kuchli yomg‘ir va daryo sathining yuqoriligi sabab to‘xtatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Favqulodda vaziyat faqat Sikkim bilan cheklanmayapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaqin atrofdagi Assom, Arunachal-Pradesh, Meghalaya, Mizoram va Nagaland shtatlarida ham kuchli yog‘ingarchilik talafotlarga olib keldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kamida 30 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar o‘z uylarini tark etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hindiston meteorologiya xizmati yog‘ingarchilik hali davom etishini ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Aholiga ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va imkon qadar uyda qolish tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylar yordam va evakuatsiya choralarini ko‘rishda davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon