Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Nigeriyada kuchli toshqin 151 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nigeriyada kuchli toshqin 151 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-markaziy qismida joylashgan Mokva shahrida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar kamida 151 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Rasmiylarga ko‘ra, yana 11 kishi jarohat olgan, 3 000 dan ortiq fuqaro o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshqinlar tong oldi boshlangan kuchli yomg‘irlar ortidan to‘satdan yuzaga kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Atigi besh soat ichida ko‘chalarda suv tizzagacha ko‘tarilib, yuzlab xonadonlar, ikki ko‘prik va asosiy yo‘llarga zarar yetkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mahalliy aholi o‘z jonini saqlab qolish va boshqalarni qutqarish uchun suvda yurishga majbur bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident Bola Tinubu halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, hukumat favqulodda yordam choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilib, zarur oziq-ovqat va tibbiy yordam yuborilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mokva shahri Niger daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, bu hududda bu kabi kuchli toshqinlar kamdan-kam holat bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mahalliy hokimiyatlar bu fojiani iqlim o‘zgarishlari va yetarli infratuzilma yo‘qligi bilan bog‘lamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tuman rahbari Jibril Muregi hududda suv toshqinlariga qarshi himoya tizimlarini qurish zarurligini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nigeriyada so‘nggi yillarda yog‘ingarchilikning to‘satdan ko‘payishi, suv yo‘llarining yetarlicha tozalab turilmasligi, aholi zichligi va iqlim o‘zgarishlari tufayli toshqinlar soni ortib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutasaddilar bu kabi holatlarning oldini olish uchun milliy va xalqaro miqyosda chora-tadbirlar ko‘rilishi lozimligini ta’kidlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon