Boshqarma inspektori voqea joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi. Natijada, tasvirga olingan ilon zaharsiz, ko‘p rangli naqshli poyg‘achi ilon ekanligi aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi ilonlar O‘zbekistonning turli hududlarida, jumladan yirik shaharlarda ham yashaydi va insonlar hamda uy hayvonlari uchun xavf tug‘dirmaydi.
Bu ilonlar asosan tartibli hayot kechiradi va kemiruvchilar, shuningdek, odamlar va hayvonlar sog‘lig‘iga tahdid soluvchi yuqumli kasalliklar tashuvchilaridan oziqlanadi.
Boshqarma fuqarolardan ushbu turdagi ilonlardan qo‘rqmaslikni va ortiqcha vahimaga tushmaslikni so‘radi.
Oldinroq, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda ham 2 metrlik ilon aniqlangani xabar qilingandi.