Asosiy matnga o'tish
24-Noyabr, Seshanba
Jamiyat 1 daqiqa o'qish

Milliy bog‘dan 1,5 metrlik ilon topildi

Milliy bog‘dan 1,5 metrlik ilon topildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Milliy bog‘ hududidan uzunligi 1,5 metr bo‘lgan ilon topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda poytaxt Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ma’lumot berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Boshqarma inspektori voqea joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Natijada, tasvirga olingan ilon zaharsiz, ko‘p rangli naqshli poyg‘achi ilon ekanligi aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi ilonlar O‘zbekistonning turli hududlarida, jumladan yirik shaharlarda ham yashaydi va insonlar hamda uy hayvonlari uchun xavf tug‘dirmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu ilonlar asosan tartibli hayot kechiradi va kemiruvchilar, shuningdek, odamlar va hayvonlar sog‘lig‘iga tahdid soluvchi yuqumli kasalliklar tashuvchilaridan oziqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Boshqarma fuqarolardan ushbu turdagi ilonlardan qo‘rqmaslikni va ortiqcha vahimaga tushmaslikni so‘radi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Oldinroq, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda ham 2 metrlik ilon aniqlangani xabar qilingandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jamiyat