Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Andijonda 7 yoshli bola quduqqa tushib ketdi

Andijonda 7 yoshli bola quduqqa tushib ketdi

16 may kuni soat 11:00 da Qo‘rg‘ontepa tumanining “Ibn Sino” mahallasida joylashgan xonadonlardan birida yashovchi 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr, diametri 90 santimetr bo‘lgan, foydalanilmayotgan suvsiz quduqqa tushib ketdi.

Hodisa ehtiyotsizlik oqibatida yuz bergani bildirildi.

Voqea joyiga tezkor yetib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus texnika va anjomlardan foydalangan holda qutqaruv ishlarini olib bordi. Natijada bola quduqdan sog‘-salomat holatda chiqarib olindi.

Ayni paytda bolaning ahvoli yaxshi. U ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borilgan.