Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q»-Husanovning agenti

0h9Wq tl6VJMTyWcJpxAjTYDmXdotQNB

Ispaniyaning Carpetas Blaugranas nashri kataloniyaliklar Husanovni uzoq muddatli loyihaning asosiy qismidan biri sifatida ko‘rayotgani, klub uni bir mavsumga ijaraga olib, keyinroq to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.

Biroq futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin bu boradagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi:

Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Bu gaplardan xabardor emasman. Klub prezidenti ham men bilan bog‘lanmagan. Bularning barchasi shunchaki mish-mish, dedi Hasbiullin Sport-Express nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvarida “Manchester Siti”ga o‘tgan va klub bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Hozirgacha u “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.