Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Olti yoshli bola yer sayyorasini qutqarish uchun 2500 ta konfet qutisini to‘pladi

1 DzeaOMHg

Britaniyaning Xempshir shtatidagi Netli qishlog‘ida yashovchi 6 yoshli Teddi plastikdan yasalgan qutilarning chiqindixonaga tashlanmasligi uchun ularni saralab, 2500 dan ortiq shokolad qadoqlarini yig‘di.

Britaniyada sotiladigan konfet, shokolad va krekerlar qutisi odatda plastikni qayta ishlash tizimiga olib boriladi, ammo Teddi yashaydigan Xempshir yaqinida chiqindi saralash markazi yo‘q. Shu sababli bola plastik qutilarni mustaqil yig‘ishga qaror qildi.

“Men bu qutilarni oddiy chiqindi tashlaydigan joyga olib borolmayman, ammo dunyoni qutqarish uchun holatni shaxsan o‘zgartirishga bel bog‘ladim. Bizda faqatgina bitta sayyora bor va biz unga g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim” deya tushuntirdi Teddi.

2 7AWOtlA
Foto: BBC

Teddi shokoladdan qolgan plastik idishlarni 2024-yilda yig‘ishni boshlagan va yil oxiriga kelib 358 dona qutini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan ham yaxshi natijalarga erishish uchun u o‘zi o‘qiydigan maktabiga xat yozib, foydalanilgan plastik qutilarni yig‘ib berishlarini so‘ragan. Maktab rahbariyatiga bu g‘oya yoqqan va boshqa o‘quvchilarning ota-onalariga xabar yo‘llagan.

Teddi va uning onasi mahalliy korxonalar binolariga e’lonlar osgan, bobosi esa chiqindixonaga borib, barcha tashlab ketilgan konteynerlarni alohida ajratib berishlarini iltimos qilgan.

Bola o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post yozib, o‘zini “ekologiya jangchisi” deb atadi va yuz minglab shunday konteynerlar chiqindixona yoki okeanga tushib qolayotganini qayd etdi. Shundan so‘ng bola katta natijaga erishdi: yaqin bir oy ichida u 2598 ta bo‘sh quti yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
3 9iaC4BpM
Foto: BBC

Bolaning onasi ham o‘g‘lining ekologiya muammolariga befarq emasligidan mamnun:

“Teddi tabiatda yuzaga kelgan global muammolarni yaxshi tushunadi. U haqiqatni aytishga va o‘z fikrini barchaga yetib borishiga harakat qiladi. Bir kun kelib Teddi insonlar uchun ilhom manbayi bo‘lishiga ishonadi”, deydi ekofaolning onasi.

Kuni kecha Teddi barcha to‘plangan shokolad qutilarini plastikni qayta ishlash markaziga topshirdi.