Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Dunyodagi eng antiqa kasb: braziliyalik erkak uy hayvonlari uchun taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi

4 HGPcTe1X

Braziliyaning Pernambuko shtati fuqarosi Gamilton Taurino dunyodagi eng yaxshi kasb egasi ekanligiga davo qilishi mumkin: u uy hayvonlarini veterinarga olib borish yoki biror joyga yetkazib qo‘yish bilan shug‘ullanadi.

in article webp 99da2730cf hz2TKl5A
Foto: Bored Panda

Bored Panda portaliga bergan intervyusida Taurino hayvonlar uchun taksi xizmati tashkil etish fikri qanday kelib qolgani haqida so‘zlab berdi. Kunlarning birida uning do‘sti itini veterinarga olib borishga rozi bo‘ladigan haydovchi topa olmaganini aytadi. Bir qarashda yoqimsiz bo‘lgan tajriba keyinchalik muvaffaqiyatli biznesning boshlanishiga sabab bo‘lgan.

1 u4KHVwiH
Foto: Bored Panda
2 0jCuLoZi
Foto: Bored Panda

Avvaliga Gamilton uchun uy hayvonlari egalari bilan til topishish qiyin kechgan va turli favqulodda vaziyatlarga duch kelgan:

“Hayvonlar begona odam — meni oldimda o‘zini yomon tutar, haydovchi mashinasiga o‘rganishi qiyin bo‘lar edi. So‘ng atrofdagi kasalxonalar va klinikalarni o‘rganib chiqib, qaysi biri 24 soatlik xizmatlarni taklif qilishini aniqlash kerak bo‘ldi. Shuningdek, uy hayvonlari uchun maxsus xavfsizlik kamarlari va ularni tashish uchun sumkalarni sotib oldim”, deydi Taurino.

Vaqt o‘tishi bilan noodatiy taksi biznesi rivojlanib, hozirda u doimiy mijozlarga ham ega. Ba’zi hayvonlar hatto mashinadan tushishni istamay, egasiga qaytishga shoshmaydi.

Foto: Bored Panda
5
Foto: Bored Panda

Gamilton mijozlar bilan tushgan suratlarni tez-tez Instagram’ga joylab boradi. Haydovchining eng noodatiy mijozlaridan biri dengiz cho‘chqasi bo‘lgan. Bir kuni hayvon, qafasidan qochib ketib, uzoq vaqt qidirilgan, so‘ng mashina o‘rindig‘ining ostiga yashiringan holda topilgan.

6 s3Co658i
Foto: Bored Panda
7 Z1 BCLhr
Foto: Bored Panda