Oliygohlar milliy reytingi: ma’lumot kiritish muddati 1 iyunga ko‘chdi
Adliya vazirligi 21-noyabr kuni oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish nizomiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endi oliygohlar hisobot yili ma’lumotlarini rasmiy platformaga 1 fevralga emas, 1 iyunga qadar kiritadi.

