Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Elektron retsept tizimi ishga tushdi: endi shifokor retseptisiz dori sotib olib bo’lmaydi

robostsddss

Dorixonalarda elektron retsept tizimi ishga tushdi.

 

10-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida hamda yurtimizdagi yana 15 ta tuman va shaharda dorilar elektron retsept asosida berilmoqda. Hukumat qaroriga ko‘ra, 2026-yil oxiriga kelib, ushbu tizim barcha tibbiyot muassasalari va dorixonalarni qamrab olishi rejalashtirilgan.

 

Ya’ni siz endilikda shifokor retsepti bilan sotilishi mo‘ljallangan dorilarni aptekadan elektron retseptsiz ololmaysiz.

 

Bu qanday ishlaydi?

 

Sizni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor tashxis qo‘yadi va Sizga tavsiya etilgan dorilarni “Elektron retsept” tizimiga kiritadi. Dorixonaga borganingizda elektron tizimda yozilgan dorilarni xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Retseptsiz sotilishi taqiqlangan dorilarni shifokor elektron tizimga kiritmagan, ya’ni Sizga tavsiya qilmagan bo‘lsa, endi sotib ololmaysiz.

 

Agar bemor so‘rasa, elektron retseptni qog‘ozda chop etib berish ham mumkin. Faqat bunda elektron retseptda maxsus QR-kod hamda shifokorning elektron imzosi bo‘ladi. Ya’ni o‘sha QR-kodni faollashtirganda elektron tizimdagi retsept chiqib kelishi kerak. Bu soxta retseptlar yasab olishdan himoya qiladi.

 

Sinov tariqasida ishga tushirilgan 15 ta tuman va shaharlar ro‘yxati:

 

Yangiyo‘l, Samarqand, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Kitob, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Ishtixon, Denov, Sirdaryo, Quva, Shovot.

 

Ma’lumot uchun, 9-dekabr holatiga ko’ra, retsept bo‘yicha beriladigan 12 ming 815 ta nom va dozirovkadagi dori vositalari ro’yxati tasdiqlangan.

 

Retsept bo’yicha beriladigan dorilar ro’yxati