Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Janubiy Koreyada qorovul bitta «chokopay» uchun ikki yil soʻroq qilindi

Jarayon.uz 3

2024-yilning mudhish 18-yanvar kunida tungi smena qorovuli muzlatkichdan oddiy 1050 von (8500 soʻm) turadigan «chokopay»ni olib yegan. Buni kameralarda koʻrgan menejer esa politsiya chaqirgan.

 

Keyin haqiqiy sirk boshlangan:

 

— 39 nafar xodim yillar davomida shu ishni qilib kelganini tan olgan, ertalabki smena haydovchilari tunda qorovullarni tamaddi uchun ichkariga kiritgani maʼlum boʻlgan.

 

— Ammo politsiya ishni yopishni xohlamagan, qorovul 500,000 von miqdorida jarima va ishdan boʻshatish bilan jazolanishi mumkin edi.

 

Bir yarim yilcha davom etgan sud yigʻilishlaridan soʻng 2025-yil may oyida sud uni aybdor deb topdi va 50,000 von jarima belgiladi.

 

Birgina «chokopay»ni deb odamni shuncha sarson qilgani uchun sud koʻpchilikda norozilik uygʻotganidan soʻng, qorovulni ishda qoldirish qarori qabul qilindi.