O‘zgidromet kelayotgan qish fasli uchun dastlabki mavsumiy prognoz e’lon qilindi. U ehtimoliy sovuqlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga, shuningdek, kommunal xizmatlardan tortib qishloq xo‘jaligigacha bo‘lgan turli sohalar uchun xavflarni baholashga yordam beradi. Sinoptik vaziyat o‘zgarishi bilan prognoz ham oʻzgartirilishi mumkin.
Dekabr oyida ob-havo odatdagidan biroz issiqroq boʻlishi kutilmoqda. Oyning oʻrtacha harorati meʼyordan 1−1,5 daraja yuqori boʻladi.
Birinchi oʻn kunlik:
– kechasi 0…+5°;
– kunduzi +10…+15° — iliq, deyarli kuzgi ob-havo.
Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklar (harorat keskin oʻzgaradi):
– kechasi +2…+7° — 0…-5°;
– kun +12…+17° — +2…+7°.
Yogʻingarchilik meʼyorida yoki meʼyordan biroz past boʻlishi kutilmoqda. Kuchli qor yog‘ishi kutilmaydi.
