Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Rossiya endi Oʻzbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomalarini tan olmaydi

haydovchilik guvohnoma

Rossiya endi faqat davlat tili rus tili sifatida belgilangan mamlakatlarda berilgan haydovchilik guvohnomalarini tan oladi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi Spikeri Vyacheslav Volodin 13 noyabr kuni maʼlum qildi.

Volodinning soʻzlariga koʻra, chet elda berilgan haydovchilik guvohnomasining Rossiyada amal qilishi uchun asosiy talab — ushbu mamlakat qonunchiligida rus tilining davlat yoki rasmiy til sifatida mustahkamlangan boʻlishidir.

Bu degani — qayta imtihonsiz faqat Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston, Tojikiston, Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolari Rossiyada haydovchilik huquqidan foydalanishda davom eta oladi. Qolgan davlatlar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada avtomobil boshqarish uchun imtihon topshirishi talab qilinadi.

Rasmiylarga koʻra, mazkur tartib yoʻl harakati xavfsizligini oshirish, qoidalarni yagona talqin asosida qoʻllash va haydovchilarni aniqlash jarayonini soddalashtirishga qaratilgan.

Rossiya OAV xabariga ko‘ra, yangi tartib Oʻzbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomalarining Rossiya hududida endilikda rasman tan olinmasligiga olib keladi.