Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

O‘zbekistonda bir oyda qariyb 100 mlrd so‘mlik gaz va “svet” o‘marildi

i 15

O‘zbekistonda 2025-yil oktyabrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 99 milliard soʻmlik zarar yetkazildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Inspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘ngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 192 ta holat aniqlangan.

 

Unga ko‘ra, 22,3 mln kVt/soat elektr energiyasi (63,9 mlrd so‘m) va 11,4 mln metr kub tabiiy gaz (35 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 99 milliard 15 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.

 
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 479 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirilgan. Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.