Saudiya Arabistonida osmono‘par bino tepasida futbol stadioni qurishmoqchi. 350 metr balandlikda joylashadigan arena hali qurilmagan osmono’par shahar The Line’ning bir qismi bo’ladi.
Loyihaga ko‘ra, NEOM Sky Stadium 46 000 kishini sig‘dira oladi va to’liq qayta tiklanadigan energiyadan quvvat oladi. Qurilishni 2032-yilga yakunlash rejalashtirilgan, 2034-yilda esa u yerda hatto futbol bo’yicha jahon chempionati o’yinlarini o’tkazishni va’da qilishmoqda.
Biroq, na futbol muxlislari, na arxitektorlar loyihaga unchalik ishonishmayapti. Asosiy savollar: o’n minglab odamlar bir vaqtning o’zida qanday qilib u yerga chiqishlari va tushishlari, shuningdek, «The Line» shahrining qurilishi muddatining noaniqligidir.
