1X Technologies kompaniyasi insonning kundalik hayotida yordam berish uchun yaratilgan o‘zining birinchi shaxsiy NEO odamsimon robotini rasman taqdim etdi (https://www.1x.tech/neo) va oldindan buyurtmani ochdi.
Robot nimalar qila oladi?
NEO oddiy maishiy vazifalarni bajarishga qodir: narsalarni ko‘chirish, joylashtirish, eshiklarni ochish, tozalash, ovoz hamda o‘rnatilgan sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchi bilan muloqot qilish. Robot kompyuter ko‘rish tizimi, audio tahlil va til modeli bilan jihozlangan bo‘lib, ular tabiiy suhbatlar olib borish va xo‘jayinning odatlarini eslab qolish imkonini beradi.
Texnik xususiyatlari— Bo‘yi: 1,68 m,
— og‘irligi taxminan 30 kg,
—yuk ko‘tarish qobiliyati 25 kg,
— korpus yengil va xavfsiz materiallardan tayyorlangan,
— ko‘plab sensorlar, kameralar va karnaylar bilan jihozlangan.
Narxi qancha?
NEO narxi taxminan 20 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shuningdek, oyiga 499 dollarlik obuna varianti ham taklif etiladi. Dastlabki ta’minot 2026-yilda AQSh hududida, keyinroq boshqa bozorlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
