Mashhur CNN Travel portali dunyodagi 50 ta eng yaxshi non roʻyxatini eʼlon qildi. Mamlakatimiz milliy taomi oʻzbek noni ham mazkur roʻyxatdan oʻrin oldi.
Gullar, naqshlar va maxsus shtamplar bilan bezatilgan oʻzbek nonlari anʼanaviy tandirlarda tayyorlanadi. Shuningdek, ular mintaqaga qarab turlicha shakl va mazaga ega — Toshkentdan Samarqandgacha har bir hududning noni oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.
Issiq nonlar tandirdan chiqqach, bozor va qahvaxonalarga yetkazish uchun maxsus choparlar tomonidan tarqatiladi, deya taʼkidlaydi CNN Travel.
