Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 123.38 +51.35 EUR 14 094.64 +77.81 RUB 149.19 +1.18

Berlinda yuzlab vyetnamlik talabalar bedarak yo‘qolgani aytilmoqda

Berlinda vyetnamlik talabalar ommaviy tarzda g‘oyib bo‘layotgani haqida Bild nashri xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Vaysenzee tumanidagi oshpazlik va mehmonxona texnikumida o‘qiyotgan qariyb 700 nafar vyetnamlik talabaning uchdan biri bedarak yo‘qolgan. O‘qituvchilar va soha mutaxassislari ko‘plab talabalar rasmiy ravishda til sertifikatiga ega bo‘lsa-da, amalda nemis tilini bilmagani sababli ta’lim jarayoni deyarli boshlanmaganini ta’kidlashmoqda.

 

 

Jurnalistlarning yozishicha, yo‘qolgan talabalar orasida noqonuniy ishlarga kirib ketganlar ham bor. Ayrimlari go‘zallik salonlarida yashirincha ishlayotgan bo‘lsa, boshqalari jinsiy sanoatga jalb qilingan.

 

 

Migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert Mimi Vu esa soxta hujjatlar yordamida yoshlarni qarz botqog‘iga tushirib, ularni xalqaro jinoiy guruhlar qo‘liga topshirayotgan tuzilmalar faoliyatidan ogohlantirdi.

 

 

Federal bandlik agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada hozirda 16 mingga yaqin vyetnamlik talaba ta’lim olmoqda, shundan 2 ming nafari Berlinda. Faqat 2024-yilda mamlakatga Vyetnamdan 4 mingga yaqin yangi talaba kelgan.

 

 

Avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers Xristian-demokratik ittifoqi va Sotsial-demokratik partiya bilan migratsiya siyosatini qat’iylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirgan edi. Rejaga ko‘ra, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari kengaytiriladi, chegara nazorati kuchaytiriladi, ayrim qochqinlarni qabul qilish dasturlari qisqartiriladi va politsiyaga qo‘shimcha vakolatlar beriladi.